<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Real xikoya 8 qism</p>
</title>
<section><p>beri uyga kech, Xolnisa uxlagandan so‘ng borib, tong saharda chiqib ketayotgan, xotini uchrab qolganda esa “qurilishni boshlab yubordim” deb qutilayotgan Akbarali bu zarbaga chiday olmadi…</p>
<p>Akbarali chap ko‘ksini changallagancha yerga gursillab yiqildi.</p>
<p>Yurak kasali yomon bo‘larkan.</p>
<p>Haliyam shifokorlarga rahmat, jonini saqlab qolishdi. Ammo asablari qaqshab yurgan yigitning chap qo‘li va chap oyog‘i ishlamay qoldi, tilida ham o‘zgarish yuz berdi – endi g‘o‘ldirab, juda qiynalib gapirar, nima deyayotganini anglash juda qiyin edi.</p>
<p>Erini o‘ylayverib dardi-dunyosi qorong‘i bo‘lib ketgan Xolnisa Akbarali akasining sal o‘ziga kelganini ko‘rib yengil tortdi.</p>
<p>– Xayriyat, dadasi, – dedi u eriga mehribonlik bilan boqib. – Xudo joningizni qaytarib berdi. Endi tuzalib ketasiz. Hali katta-katta uylar qurib, bolalarimiz bilan rohatda yashaymiz…</p>
<p>Bezovtalanib qolgan, rangi quv o‘chgan Akbarali jon holatda nimadir deb g‘o‘ldiradi, ammo xotini uning gaplarini tushunmadi.</p>
<p>Shu oqshom Akbaralining ahvoli yana og‘irlashdi…</p>
<p>* * *</p>
<p>Kunlar shu zaylda o‘tib borardi.</p>
<p>Akbarali o‘zi shifoxonadan chiqadigan kunni dahshat va vahm bilan kutardi.</p>
<p>Ana unda… ana unda izoh berishga to‘g‘ri keladi.</p>
<p>Hovli-ku qaytmaydi, unga qo‘shilib uch ming ham qulog‘ini ushlab ketdi.</p>
<p>Ammo eng yomoni – Akmalga qarzni qaytarishi kerak bo‘lgan kun tobora yaqinlashib kelmoqdaydi. Olti ming-a…</p>
<p>Demak… demak bir xonali uy ham ketadi.</p>
<p>Unda… er-xotin ikki bola bilan qaerda yashaydi?</p>
<p>Akbarali tinmay shuni o‘ylar, o‘ylagan sayin boshi misday qizib, miya tomirlari otilib ketguday bo‘lib bo‘rtib chiqar, yuragi gursillab urar, chap oyoq-qo‘lidagi jonsizlik, sovuqlik asta-sekin o‘ng tomoniga ham o‘tib borayotganini his qilardi…</p>
<p>– Endi nima qilaman? – deya shivirlardi u alam bilan bunday kezlari…</p>
</section>
</body>
</FictionBook>