<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Orzular kechasi... (Super XIT) 8 qism</p>
</title>
<section><p>koʻchishlariga befarqlik qilmasligim kerak. Shunchalik vijdonsiz emasdirman!</p>
<p></p>
<p>- Toʻxta, - Zeboni bilagidan ushlab, chetga tortdim, - anavi qizga qanday dori berding?</p>
<p>- Hech qanday, - kuldi.</p>
<p>- Jiddiy soʻrayapman, qanday dori ichirding? - bilagini qattiq siqdim.</p>
<p>- Ummm, qoʻyvoring, - bilagini boʻshatdim, u sumkachasidan uch donasi boʻsh kasseta olib uzatdi, - Oʻzini yigiti topib keldi, men emas...</p>
<p></p>
<p>Oʻylagan dorim ekan, jahlim chiqib qoʻlidan tutdim.</p>
<p></p>
<p>- Qachondan ichasanlar?</p>
<p>- Bilmadim...</p>
<p>- Ichgan narsangni bilmaysanmi?</p>
<p>- Yoʻq...</p>
<p>- Jahlimni, chiqarma.</p>
<p>- Ufff... Biz ishda emasmiz, tergamang.</p>
<p>- Oʻchir, chaqirdingmi endi senga masʼulman... - qatʼiy javob berdim.</p>
<p>- Ufffff... Biz bunaqa narsa ichmimiz...</p>
<p>- Nega sumkangda yuribdi?</p>
<p>- Tatib koʻrmoqchidik, boʻldimi? - qovogʻini uydi, - Birinchi marta... Rost gapiryabman, birinchi martda... Kulibda Umarbek kimdandir oldi, Barno ikkalasi ichdi, keyin bizga berdi, kayf qilasizlar deb biz esa hali ulgurmadik... Bor gap shuuuu!</p>
<p></p>
<p>Koʻzlariga biroz tikildim, aftidan rost gapirdi. Dorini oyogʻim ostiga tashlab ezgʻiladim. U beparvolik bilan qarab turdi. Boshidan yaxshi chiqishmagan boʻlsak-da, Zeboni aqlli deb bilardim. Shuning uchun chindan qaygʻurayotganimni tushunishiga umid qilib gapirdim.</p>
<p></p>
<p>- Zebo bunaqa beparvolik qilma. Qizlar bilan yaxshi ishlaysan, ham yaxshi oʻynab kulasan. Yashashdan chinakam kayf qilasan, mayli haqqing bor, bu hayot sizlarniki, - oyogʻim ostiga imo qildim, - faqat bunday balolarni oralarizga kiritma... Singillaringni xarob qilasan.</p>
<p>- Hoʻp. - beparvo javob berdi.</p>
<p>- Singillaringni xarob qilasan!</p>
<p>- Hoʻp... - jahl bilan javob berdi.</p>
<p>- Singillaringni xarob qilasan! - qoʻlini biroz siqdim. Koʻziga chuqur qaradim.</p>
<p>- Hoʻp, Sohib aka, - haddi pasayib javob berdi, - Eʼtiborli boʻlaman...</p>
<p></p>
<p>U mashinaga chiqib oldi, men sigaret tutatib chuqur-chuqur tortdim. Mashinaga oʻtirganimda, Zobo arazlagan holatda, orqadagi qizlar esa Rayhonni qoʻshigʻiga tebranib, bir-biri bilan oʻynashardi.</p>
<p></p>
<p>- Xoʻsh nima qilasizlar, qizlar? - soʻradim.</p>
<p>- Bizni ziyofatga olib borasiz...</p>
<p>- Yana qayerga bormoqchisiz, oʻzi soat 3:00 ga yaqinlashdi! - telefon soatini ularga koʻrsataman.</p>
<p></p>
<p>Ular bir necha sonya oʻylanib qolishdi. Bu vaqtda esa Rayhonni qoʻshigʻi avjiga chiqqan edi. Malika koʻzlarini biroz yumdi, qoʻllari, tanasini nozik qimirlab chayqaldi.</p>
<p></p>
<p>- Men kulibga borib rosa oʻynagim kelyapti!!! - dedi, paski labini soʻrib.</p>
<p></p>
<p>ʼʼJoningdan asalim, men ham oʻynashingni jon deb koʻrgan boʻlardim!ʼʼ oʻylayman, ogʻzimning tanobi qochib yanada boʻrtib ketgan koʻkraklaridan nigohimni uzolmay.</p>
<p></p>
<p>- Bugun ziyofat tonggacha davom etadi, baribir ertaga dam... Lekin qizlar klubga bormimiz, borsak bir balo boʻladi, - Zebo boyagi tanbehdan, xulosa olibmanmi degan maʼnoda qarab oldi, - ziyofat uyda boʻladi...</p>
<p>- Voy opa, - Maftuna eʼtiroz bildirdi, - anovi jodugar qoʻyadimi? Oʻtgan safar yodizdan chiqdimi? Oʻlamiz melissa chaqirib bervoradi!</p>
<p></p>
<p>Ular ijara uylaridagi, allaqanday qoʻshnilari haqida gapirishardi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>