<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (9-qism)</p>
</title>
<section><p>bormay ichaveramiz, ichaveramiz. Ichib olib bolalarni tug'diraveramiz. Borib-borib millat qirilib ketganini bilmay qolamiz. Senlar ko'psanlar, uncha bilinmas balki. Ammo biz kammiz. Hademay qirilib bitamiz.</p>
<p></p>
<p>— Siz… gruzinmisiz?</p>
<p></p>
<p>— Yo'q… — Tengiz miyig'ida kuldi: — Men — avarman! — Tengiz bu gapni iftixor bilan aytdi. — Avar degan xalq bor bu dunyoda, eshitganmisan?</p>
<p></p>
<p>Nuriddin eshitmagan edi. Biroz xijolat bo'lgani holda bu haqiqatni tan oldi.</p>
<p></p>
<p>— Sen meni gurjiga o'xshatma. Ular Qofqazni sotishgan. Mening bobolarim esa qofqazimizni bu kofir to'ng'izlardan himoya qilgan. Imom Hamzat, imom Shomil,</p>
<p></p>
<p>Hojimurodlarni eshitganmisan? Ha, eshitmagansan.</p>
<p></p>
<p>— Men… o'qimaganman. Sakkizinchini bitirib, dalaga chiqib ketganman. Keyin harbiyga chaqirishib, Afg'onga tashlashdi. Keyin bu yerlar… Qo'limga bitta kitob olib o'qimaganman sira.</p>
<p></p>
<p>— Unda seni «esh-shak» deganlari to'g'ri ekan. Qaysarliging uchun emas, o'qimaganing sababli esh-shaksan. O'qimagan odamning esh-shakdan nima farqi bor? Sen mening tariximni bilmaysan. O'zingnikini bilasanmi? Sening hamzatlaring, shomillaring bormi? Bilmaysan! Esh-shak ham o'zining ota-bobolarini bilmaydi. Gaplarimga hayron bo'lyapsanmi? «O'g'ridan ham shunaqa gaplar chiqadimi?» deyapsanmi? Men o'g'ri bo'lib tug'ilmagan edim. Ota-bobom ham o'g'ri emasdi. Men o'zimnikilarning ushog'iga ham xiyonat qilmaganman. Men yerimga o'g'ri bo'lib bosib kirganlarning mol-joniga qiron keltiraman. Men o'g'ri emas, qasoskor, xunxo'rman! Ammo o'g'ri degan unvonni olganman. Men uchun qasosning o'zgacha yo'li yo'q.</p>
<p></p>
<p>(davomi bor)</p>
</section>
</body>
</FictionBook>